VERXARN

VERXARN (Verhaeren) Emil (1855.21.5, Sent Aman — 1916.27.11, Ruan) — belgiyalik shoir, dramaturg, tanqidchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Luven un-ti yuridik f-tini tugatgan. «Rohiblar» (1886) toʻplamida oʻrta asrlardagi rohiblarning yorqin yigʻma obrazi berilgan. «Oqshomlar» (1887), «Halokat» (1888), «Qora mashʼallar» (1890) asarlari dekadentlik sheʼriyati ruhiga yaqin, bularda turmushni fojiaviy tasavvur etish kuchli. «Telba qishloqlar» (1893), «Gʻala-gʻovur shaharlar» (1895) toʻplamlarida ijtimoiy ziddiyatlarning (shu jumladan, shahar va qishloq oʻrtasidagi ziddiyatlarning ham) halokatli ekanligini anglash ifodalangan. «Turmush qirralari» (1899), «Bebosh kuchlar» (1902), «Rang-barang yogʻdu» (1906) va b. toʻplamlaridagi sheʼrlarida Verxarn insonning yaratuvchilik faoliyatini, ijodni, sevgi va qatʼiyatni tarannum etadi. Verxarnning ishchilar hayotidan yozilgan «Shafaqlar» pyesasi (1898), atoqli rassomlar (X. Rembrandt, 1904; P. Rubens, 1910) va yozuvchilar (U. Shekspir, J. Rasin, Verxarn Gyugo) haqida i. t. lari bor.


Lotin alifbosida maqola: VERXARN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты