TRANSPLANTATSIYA

TRANSPLANTATSIYA — odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini koʻchirib oʻtqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan maʼlum. Teri, muskul, nervlar, koʻzning muguz pardasi, yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va b. organlar koʻchirib oʻtqaziladi. Kon quyish — T. ning alohida turi.

Koʻchirib oʻtqaziladigan toʻqima yoki organ kimdan olinganiga qarab transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning oʻzidan, allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. Hoz. buyrak Transplantatsiyasi juda keng yoʻlga qoʻyilgan. Boshqa organlar: yurak, jigar, endokrin bezlar, oʻpka va b. organlarni koʻchirib oʻtqazish maxsus klinikalarda bajariladi.


Lotin alifbosida maqola: TRANSPLANTATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOGʻ
TERI
PATOLOGIK ANATOMIYA
TIBBIYOT
YURAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты