VESTGOTLAR

VESTGOTLAR, vizigotlar, tervinglar — german qabilasi, gotlarning gʻarbiy tarmogʻi. Mil. 3—4-a. larda Dnestr daryosining gʻarbiy tomonida yashagan Vestgotlar 4-a. ning 70-y. larida gunnlar siquvi ostida Dunay daryosidan oʻtib Myoziyaga oʻrnashganlar (q. Xalqlarning buyuk koʻchishi). 418-y. Jan. Galliyada Gʻarbiy Rim imperiyasi hududida markazi Tuluza sh. boʻlgan ilk varvar qirolligini barpo etganlar. 5-a. 2-yarmida V. Ispaniyaning katta qismini egallab olganlar. 507-y. franklar tomonidan Jan. Galliya bosib olingach, bu yer Vestgotlar qirolligining asosiy hududi boʻlib qolgan; 6-a. oʻrtasidan uning poytaxti Toledo sh. boʻlgan. Vestgotlar ayrim mahalliy yer egalari qoʻlidagi haydaladigan yerlarning 2/3 qismini tortib olganlar. Rim tartiboti bilan yaqindan tanishish Vestgotlar larga urugʻ-qabilachilik munosabatlaridan ilk mulkchilik tuzumiga oʻtish imkonini bergan. Vestgot qirolligida hukmron etnik guruh boʻlgan bosqinchi Vestgotlar asta-sekin mahalliy ispan-rim aholisi bilan aralashib ketgan. 711—718-y. larda Vestgotlar davlati arablar tomonidan zabt etilgan (yana q. Ispaniya).


Lotin alifbosida maqola: VESTGOTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
ITALIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты