TRANSFERAZALAR

TRANSFERAZALAR — har xil atomlar guruhini bir organik birikma molekulasi (donorlar)dan ikkinchisi (akseptorlar)ga koʻchirilishi qaytar jarayonini katalizlaydigan fermentlar sinfi. Transferazalar eng katta sinf boʻlib, ularning 500 ga yaqin individual xillari aniklangan. Koʻchirilayotgan guruxdarning turiga qarab, bular aminotransferazalar, fosfotransferazalar, glikoziltransferazalar va b. ga boʻlinadi. Transferazalarning koʻpchiligi faqat koferment (q. Kofermentlar) ishtirokida katalitik faolligini koʻrsatadi, ammo koferment tavsifi koʻchiriluvchi guruh tomonidan belgilanadi. Mas., amin guruxlarning koʻchirilishida perdoksal fosfat, shakarlar qoldigining koʻchirilishida nukleotidlar koferment boʻladi. Transferazalar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, oraliq moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: TRANSFERAZALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FERMENTLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты