VESTIBULYAR APPARAT

VESTIBULYAR APPARAT (lot. vestibulum — daxliz, yoʻlak) — umurtqali hayvonlar va odam ichki qulogʻining bir qismi; bosh bilan tananing fazodagi vaziyati oʻzgarishini va gavdaning qay tomonga harakatlanayotganligini sezadigan aʼzo. Vestibulyar apparat vestibulyar analizatorining periferik retseptorlaridir. Bu retseptorlar ichki quloq dahlizining sakkulus va utrikulus deb ataladigan parda xaltachalarida (otolit apparat) hamda yarim doira kanallarining kengaygan uchlarida (ampulyar apparat) joylashgan. Xaltachalar va yarim doyra kanallar toʻqima suyuqligi (endolimfa) bilan toʻla boʻladi. Muvozanat retseptorlaridan statik (gavdaning holati bilan bogʻlangan) va dinamik (tezlanish bilan bogʻlangan) signallar keladi. Bu signallar sezuvchan tolalar mexanik taʼsirlanganda roʻy beradi. Gavda holati oʻzgarganda sezuvchan tolalarga otolit tomondan taʼsir etayotgan kuch yoʻnalishi ham oʻzgaradi. Shuning uchun Vestibulyar apparat qattiq taʼsirlanganda (mas., dengiz kasalligida) koʻngil behuzur boʻlib, bosh aylanadi, rang oʻchadi, yurak urishi, nafas olish tezligi oʻzgaradi. Kuchli vestibulyar taʼsirot hadeb takrorlanaverganda unga nisbatan boʻladigan reaksiya kuchsizlanadi. Shuning uchun dengizchilar, uchuvchilar va kosmonavtlarni jismoniy chiniqtirishda vestibulyar mashq qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VESTIBULYAR APPARAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QULOQ
TOSHKENT
OKEAN
KOʻZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты