VESTFAL FLORASI

VESTFAL FLORASI — Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Dones havzasi hududlarida karbon davrida tarqalgan flora. Karbon davrida bu hududlar Yer sharining issiq va nam tropik qismi boʻlgan. Dastavval Vestfal florasi, asosan, qad. paleozoy qirqquloqlilari, ponabarglilari va pteridospermlari kabi oʻsimliklardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Vestfal florasining tarkibi va joylashgan maydoni kengaya borgan. Oʻzbekistonda Boʻkantov, Oloy va Turkiston togʻlarining oʻrta karbon qatlamlaridan Vestfal florasining qoldiqlari topilgan. Oʻzbekistondagi Vestfal florasining tarkibi lepidodendron, stigmariyalarga oʻxshash oʻsimliklar bilan boyigan. Demak Vestfal florasi iing qoldiqlari topilgan Oʻzbekiston hududi karbon davrida Yer sharining issiq va nam qismi boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: VESTFAL FLORASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
TOSHKENT
GERMANIYA
BELGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты