TRAPEZUND IMPERIYASI

TRAPEZUND IMPERIYASI — Kichik Osiyoning shim. sharqidagi davlat (1204—1461). Poytaxti — Trapezund (hoz. Trabzon). Vizantiya imperatori Andronik I ning nabiralari Aleksey va David Komninlar tomonidan barpo etilgan. Ularga Gruziya malikasi Tamara hamkorlik qilgan. 1243-y. moʻgʻullar istilosi davrida Trapezund imperiyasi saljuqiylar va Nikeya imperiyasi bilan ittifoq tuzgan, lekin ittifoqchilar tormor keltirilgan. Trapezund imperiyasi moʻgʻullarga oʻlpon toʻlash majburiyatini olgan. 14-a. boshida Trapezund imperiyasi Ok qoʻyunlilar bilan kurash olib borgan. 1456-y. T. i. usmoniylarga oʻlpon toʻlagan, 1461-y. sulton Mehmed II qoʻshini Trapezund imperiyasini bosib olib, uni Usmonli turk imperiyasining bir viloyatiga aylantirgan.


Lotin alifbosida maqola: TRAPEZUND IMPERIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
TURKIYA
XITOY
USMONLI TURK IMPERIYASI
VIZANTIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты