VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, mikrobiologiyasi, zoogigiyenasi, xirurgiyasi va b. fanlarga tayanib ish olib boradi. Veterinariya sohasidagi olimlar hayvonlarning qisir qolishi, bola tashlashi va mastit kasalliklari tasnifini, boʻgʻoz mollar diagnostikasining turli usullarini, jinsiy aʼzo va tugʻruq yoʻllarida sodir boʻladigan kasalliklarni davolash yoʻllarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi. Akusherlik muammolarining ilmiy asoslari b-n OʻzR Veterinariya, Chorvachilik i. t. in-tlari, Samarqand qishloq xoʻjaligi in-ti, shuningdek veterinariya lab. lari shugʻullanadi.


Lotin alifbosida maqola: VETERINARIYA AKUSHERLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
BIOLOGIYA
SUNʼIY QOCHIRISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты