TRASSA (nem. trasse — liniya, yoʻl yoʻnalishi) — 1) uzok, masofaga choʻzilgan qatnov yoʻli yoki yoʻl, kanal, elektr uzatish yoki aloka liniyasi, kuvur va b. juda uzun inshootning boʻylama oʻqini bildiruvchi chiziq. T. ni loyihalash — trassalash deb ataladi. Trassalashda yoʻldagi toʻsikGʻiap, joyning oʻziga xos geologik va gidrologik xususiyatlari va b. omillar hisobga olinadi. Trassani iloji boricha toʻgʻri oʻtkazishga harakat qilinadi; 2) transport samolyotlarining muayyan punktlar orasida muntazam uchishi uchun moʻljallab tasdiklangan marshrut. Samolyotlarning Trassada xavfxatarsiz uchishini taʼminlash uchun yerda zarur jihozlar va aeroportlar boʻlishi lozim;
3) oʻq va snaryadning havoda uchish yoʻnalishi. Oʻq va snaryadning Trassa boʻylab uchishi koʻrinib turishi uchun pirotexnika tarkibi deb ataladigan maxsus moddalar (mas., magniy, metall nitrata, sunʼiy smola va b. aralashmasi) dan foydalaniladi.