TRASTBANK AKSIYADORLIK BIRJA BANKI

«TRASTBANK» AKSIYADORLIK BIRJA BANKI — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik birja banki. 1994-y. 21-iyunda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya olgan. Boshqaruv idorasi Toshkent sh. da. «Poytaxt» va «Toshkent» filiallari bor. Asosan, yuridik va jismoniy shaxslarga joriy va valyutadagi xisobvaraklar ochish va yuritish; milliy va chet el valyutasidagi mablagʻlarni kredit, depozit va xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb qilish va joylashtirish; davlat toʻlov hujjatlarini va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saklash, chet el valyutasini sogish va sotib olish, faktoring, lizing xizmatlari kabi 12 turdagi amaliyotlarni bajaradi. Kapitalining yetarliligi boʻyicha respublikadagi 3 ta birinchi oʻrta banklar guruhida turadi. Bankning jami aktivlari (mln. soʻm) 10221,0 ustav kapitali 2002,4, kredit portfeli 3802,5, foyda 130,7, zaxira kapitali 778,6. Joriy likvidlik koeffitsiyenta 72,3%, kapital yetarliligi koeffitsiyenti 34,0% (2003).


Lotin alifbosida maqola: TRASTBANK AKSIYADORLIK BIRJA BANKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты