VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI — 1) hayvonot mahsulotlarini sanitariya-gigiyena jihatidan baholash usullarini oʻrganadigan fan. V.-s. e. ning asosiy vazifasi — hayvonlardan olinadigan, oziqovqat (goʻsht, sut, baliq, tuxum), ozuqayem, xom ashyo (teri, jun, momiq, patlar) mahsulotlari orqali qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqadigan kasalliklarning oldini olishdan iborat. Mustaqil fan tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Undan ilgari goʻshtshunoslik va ovqatlanish gigiyenasi fanlari tarkibida oʻrganilar edi. V.-s. e. mustaqil kafedralarga ega boʻlgan veterinariya in-tlari va veterinariya f-tlarida oʻqitiladi, tibbiyot intlarida ovqatlanish gigiyenasi kursiga kiradi. V.-s. e. boʻyicha i. t. ishlari tegishli oliy oʻquv yurtlari kafedralarida, i. t. in-tlarining maxsus lab. larida olib boriladi.

2) Hayvonot mahsulotlarining isteʼmol talablariga javob berishini aniqlaydigan veterinariya mutaxassislarining amaliy faoliyati sohasi. V.-s. e. ning asosiy vazifasi odamlarni sifati buzilgan chorvachilik mahsulotlari orqali kasallanishdan asrash, hayvonlarni soʻyishgacha, soʻyishda va soʻyishdan keyin mahsulotlarni qayta ishlashda sanitariya qoidalariga rioya qilish, nimtalanmagan goʻsht va b. aʼzolarini tekshirish, goʻsht, sut, baliq mahsulotlarining isteʼmolga yaroqliligini aniqlash va b. dan iborat. Goʻsht sanoati korxonalarida, parrandachilik f-kalari, sovuqxona, baza, omborlar, dehqon bozorlari, lab. larda V.-s. e. ni veterinariya vrachlari, veterinariya uchastkalari va kushxonalarda veterinariya feldsherlari oʻtkazadi. V.-s. e. ning toʻgʻri oʻtkazilishini davlat veterinariya inspeksiyalari nazorat qiladi.

V.-s. e. yaroqsiz deb topgan mahsulotlarni isteʼmolga chiqarish mumkin emas. Oʻzbekistonda 246 V.-s. e. laboratoriyasi ishlaydi


Lotin alifbosida maqola: VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OLIY OʻQUV YURTLARI
TIBBIYOT
TOSHKENT
GIGIYENA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты