VETO

VETO (lot. veto — taqiqlayman) — rivojlangan davlatlarda bironta organ, tashkilot qonuni yoki qarori-ning kuchga kirishini toʻxtatish yoki kuchga kirishiga yoʻl qoʻymaslik huquqi. Davlat boshligʻi qonun chiqaruvchi parlament, oliy majlis qabul qilgan qonunlar boʻyicha Veto huqukiga ega. Mutlaq V. — davlat boshligʻining parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil rad qilish huquqi; nisbiy Veto — davlat boshligʻining qonun kuchga kirishini faqat toʻxtatib qoʻyadigan rad javobi; bunda parlamentga mazkur qonunni 2-marta ovozga qoʻyish b-n qabul qilish huquqi beriladi; umumiy Veto — butun hujjatni yaxlit holda rad etish imkoni; qisman Veto — biron-bir hujjatning ayrim qismlari yoki moddasigina rad qilinishi. Baʼzan parlamentning yuqori palatasi ham quyi palataning qarorini taqiqlashda Veto huquqidan foydalanadi. Xalqaro huquqda: BMT Ustavining 27-moddasiga binoan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari Veto huquqiga ega. Xavfsizlik Kengashida muhokama qilinadigan masalalar Kengash aʼzolarining bir fikrda boʻlishini talab qiladi. Ulardan birortasi muhokama qilinayotgan qarorning qabul qilinishiga rozilik bildirmasa, qaror rad qilingan hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: VETO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
TOSHKENT
YER
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты