VEXICHILIK

VEXICHILIK («Vexi» toʻplami nomidan olingan) — rus diniy-falsafiy oqimi (20-a. boshlari). Uning namoyandalari — N. A. Berdyayev, S. N. Bulgakov, P. B. Struve, S. L. Frank, M. O. Gershenzon va b. «Vexi» («Rus ziyolilari toʻgʻrisida maqolalar») toʻplamida (Moskva, 1909) inqilobiy-sotsialistik kayfiyatdagi ziyolilarning mafkurasi, jumladan ateistik materializm, siyosiy radikallik va narodniklik gʻoyalarini keskin tanqid qilib chiqdilar. Vexichilar maʼnaviyatni ijtimoiy gʻoyalardan ustun qoʻyib, shaxsning ichki (botiniy) hayoti insonning birdan-bir ijodiy kuch manbaidir, deb hisobladilar. 1917-y. oktyabr toʻntarishidan keyin «Vexi» mualliflari bolsheviklarning gʻoyaviy dushmanlari sifatida ular nazariyasi va amaliyotiga qarshi fikrlar bilan chikdilar. Lenin koʻrsatmasi bilan Vexichilik harakatining liderlari xorijga badargʻa qilindi (1922). Qayta qurish yillarida (1985—91) N. A. Berdyayev, S. N. Bulgakov, S. L. Frank va b. V. oqimi vakillarining asosiy asarlari, jumladan «Vexi» toʻplami qayta nashr etildi.


Lotin alifbosida maqola: VEXICHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
JADIDCHILIK
TOSHKENT
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты