TRAXIT

TRAXIT (yun. trachys — gʻadirbudir) — odatda, porfirli, kaynotip togʻ jinsi. Porfirsimon strukturali, tarkibidagi minerallari, asosan, sanidin, oz miqdorda plagioklaz, biotit, piroksen yoki amfibollardan iborat. Traxit siyenitnpng effuziv analogi boʻlib, nisbatan kam tarqalgan togʻ jinsi. Unda 60% gacha kremniy kislota va 10% gacha ishqor boʻladi. Zichligi 2,5 g/sm3. Gʻadirbudir koʻrinishga ega. Shishali Traxit (obsidian, pemza) va Traxit li tuflar mavjud. Rangi och kulrang, sariq va qizgʻish. Chiroyli rangli turlari dekorativ va bezak toshlar sifatida ishlatiladi. T. Kavkaz, Italiya, Fransiya va b. joylarda uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TRAXIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI
ROSSIYA
TEMIR
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты