VIA

VIA, vokal-instrumental ansambl — musiqiy estrada jamoasi. Ishtirokchilari oʻzlari chalayotgan soz (asosan elektrogitara)lar joʻrligida kuylashadi. 1960-y. larda chet elrok-musiqasi taʼsirida (sobiq Ittifoq respublikalarida) tashkil topgan. Dastlab yoshlar musiqa havaskorligi shaklida (oʻquv yurtlarida, madaniyat uylarida), keyinchalik professional, sahnaviy musiqa ijrochiligi tarzida rivojlangan. Repertuaridan yoshlar hayoti mavzuidagi qoʻshiq va ashulalar, kompozitorlarning estrada asarlari, qayta ishlangan xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan. «Pesnyarы» (Belorussiya), «Veselыye rebyata» (Moskva), «Dos-Mukasan» (Olmaota), Oʻzbekistonda — «Yalla» (1971), «Navo» (1976), «Sado» (1981) kabi Vialar mashhur.


Lotin alifbosida maqola: VIA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
ROSSIYA
BELORUSSIYA
HINDISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты