TREK

TREK (ing. track — iz, yoʻl) — velosiped va mototsikl sporti boʻyicha mashq va musobaqalar oʻtkaziladigan sport inshooti. Yogʻoch, beton, asfalt yotqizib qurilgan Trek yoʻlkasi qiya burilishlar — virajlar bilan birlashgan 2 toʻgʻri qismdan iborat. Trek ochiq va yopiq boʻladi. Trek yoʻlaklarining uzunligi, odatda, 250 — 500 m, kengligi 6 — 8 m, qoʻshma motovelotrek yoʻlaklari uz. 500—666,7 m, kengligi 8—10 m (yoki undan koʻp) boʻladi. Zamonaviy velotreklar yopiq, ixtisoslashtirilgan va yoʻlaklari yogʻochdan qoplangan. Motovelotreklar esa ochiq holatda boʻlib, yoʻlaklari asfalt bilan qoplanadi. Tokio, Mexiko, Myunxen sh. yaqinidagi, Monreal, Moskva (Krilatskoye) dagi olimpiada T. lari mashhur.


Lotin alifbosida maqola: TREK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIMPIADA OʻYINLARI
ROSSIYA
MOTOTSIKL SPORTI
KANADA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты