VIBORG

VIBORG — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Fin qoʻltigʻi sohilidagi orol va yarim orollarda joylashgan. Saymen kanali yaqinidagi muhim dengiz porti, t. y. tuguni. Aholisi 81 ming kishi (1999). 1293-y. da Viborgda shvedlar qalʼa kurgan, keyinchalik shu qalʼa atrofida shahar vujudga kelgan. 1721-y. Nishtadt sulh shartnomasiga muvofiq Viborgni Rossiya egallagan. 1918—40 y. larda Finlyandiya (Viipuri deb atalgan) tarkibida. 1940-y. yana Rossiyaga qoʻshib olingan. Viborg atrofi dengiz boʻyi iklim kurorta. Viborgda elektr asboblari, baliq ovlash sanoati uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari hamda tibbiy bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi va b. muzeylar bor.


Lotin alifbosida maqola: VIBORG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
QORAQALPOGʻISTON
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты