VIBRATSION BURGʻILASH, titrama burgʻilash — quduqlarni burgʻilash usullaridan biri. Ishi vibratorning burgʻilash asbobini titrama (tebranma) harakatlantirishiga asoslanadi. Vibratsion burgʻilashda elektr-mexanik vibrator burgʻilash quvurlarining yuqori uchiga, gidravlik vibratorlar iskana ustiga, yaʼni quduqning ichiga oʻrnatiladi.