TREMOLIT

TREMOLIT (Shveysariyadagi Tremola vodiysi nomidan) — monoklin amfibollar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca2Mg5[Si40M] (ON,Gʻ)2. Rangsiz, kulrang, shishadek yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5, zichligi 3 g/sm3 atrofida. Ignasimon kristallar, radialnursimon agregatlar hosil qiladi. Zich yashirin kristalli turi nefrit, ingichka tolali agregatlari asbest deb ataladi; vinchit, geksagonit, mangantremolit kabi turlari ham mavjud. Dolomit va ohaktoshlarning kontaktli oʻzgarishining erta bosqichida xrsil boʻlgan metamorfik mineral. Tremolit metamorfik kristallangan ohaktosh, dolomit, slanes va boshkalar bilan birga uchraydi. Tremolit asbest konlari Italiya (Lombardiya) va Korsika o. da topilgan. Oʻzbekistonda T. ChatqolQurama regionida va Gʻarbiy Oʻzbekistonda tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: TREMOLIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
YER
MINERAL
INGICHKA TOLALI GʻOʻZA
KRISTALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты