VIBRATSIYA KASALLIGI

VIBRATSIYA KASALLIGI — kasb kasalliklaridan biri; vibratsiyanint odamga uzok, vakt taʼsir etishidan kelib chiqadi. Kasallikning kechishi va xarakteri titrash taʼsirotining kuchi va zarbiga bogʻliq; bunday titrash gavdaning maʼlum qismiga (mas., qoʻlga, qisman vibratsiya) va butun organizmga (umumiy vibratsiya) taʼsir etadi. Ayrim kasbdagi kishilar ishlatayotgan qoʻl asboblarining zarbi yoki ulardan toʻgʻri foydalana olmaslik, gavdani notoʻgʻri tutish, sovuq, shovqin va b. V. k. ga sabab boʻlishi mumkin. Kasallikda qoʻl panjasining zirqirab ogʻrishi va toliqishi, sovuqqa taʼsirchanlik, bosh ogʻrigʻi, tez charchash, asabiylashish, yurak-tomir faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar va b. kuzatiladi. Davosi kasallikka sabab boʻlgan omilni iloji boricha ertaroq bartaraf etishdan iborat. Turli dori-darmonlar, fizioterapevtik muolajalar, tegishli kurortlarda boʻlish kompleks davolanishning tarkibiga kiradi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRATSIYA KASALLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



CHARCHASH
YER
TIBBIYOT
TOSHKENT
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты