VIBRION

VIBRION (Vibrio) – Vibrionaceae oilasiga mansub urugʻ; spora hosil qilmaydigan vergulsimon bakteriyalar. Uz. 0,5—1,5, yugʻonligi 0,3—0,6 mkm. Xivchinlari bir yoki bir nechta hujayraning bir qutbida joylashadi. Vibrion uchun polimorfizm xos. Suvda, tuprokda, odam va hayvonlar ichagida yashaydi. Vibrion patogen va saprofit buladi. 100 dan ortiq turi maʼlum. Mac, Vibrio cholera! asiaticae odamlarda vabo kasalligini qoʻzgʻatadi. Bu V. ni birinchi marta nemis olimi R. Kox 1883-y. da Misrdagi vabo epidemiyasi vaqtida bemorlarning axlati va nobud boʻlganlarning ichagini tekshirishda aniqpagan. Mikrobiolog N. F. Gamaleya kasallikdan ulgan tovuq va kaptarlarda odamda kasallik qoʻzgʻatish xususiyati boʻlmagan Vibrionni aniqlagan. Bundan tashqari, sellyulozani yemiruvchi, faqat hayvonlar yoki qushlarni, hasharot va baliqlarni kasallantiruvchi Vibrion ham uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRION haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VABO
BAKTERIYALAR
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты