TRETYAKOV GALEREYASI

TRETYAKOV GALEREYASI — Rossiyaning yetakchi ilmiybadiiy va madaniymaʼrifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus sanʼati muzeyi. Moskvada 1856-y. P. M. Tretyakov tomonidan xususiy toʻplam sifatida asos solingan, 1892-y. ukasi S. M. Tretyakov kolleksiyasi bilan birga Moskvaga sovgʻa qilingan. 1917-y. dan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kolleksiyalardan toʻplangan asarlar, 11 — 17-a. lar qad. rus ikona sanʼati, 18—20-a. lar tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, grafika sanʼati ustalari asarlarining boy kolleksiyasi bilan toʻldirilgan. Rus savdogarlari Tretya kovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985—95 y. lar Tretyakov galereyasi rekonstruksiya qilingan. 1991-y. dan «Tretyakov Davlat galereyasi» muzey birlashmasi deb yuritiladi. Tretyakov galereyasida oʻzbekistonlik rassomlar (P. Benkov, A. Volkov, A. Abdullayev, Oʻ. Tansiqboyev, R. Axmedov va b.) asarlaridan namunalar qoʻyilgan. 2003-y. da Oʻzbekiston BA va Tretyakov galereyasi oʻrtasida ilmiy, ijodiy koʻrgazma almashish shartnomasi imzolangan.


Lotin alifbosida maqola: TRETYAKOV GALEREYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты