TRIBOLYUMINESSENSIYA (yun tribos — ishqalanish va lyuminessensiya) — baʼzi bir kristallar (ayniqsa, lyuminoforlar) ni ishkdlash, ezish va boʻlish (sindirish) paytida yuzaga keluvchi lyuminessensiya. Tribolyuminessensiya boʻlinayotgan kristallarning elektrlanishi natijasida vujudga keladigan elektr razryad tufayli hosil boʻladi. Kristall lyuminofor boʻlganda elektr razryadning yorugʻligi taʼsirida fotolyuminessensiya kuzatiladi.