VIBROTRANSPORT

VIBROTRANSPORT, titrama tashish — sochiluvchan va donali materiallarni, lastasimon aralashmalar va suyukliklarni titrama ish organi yordamida qisqa (mas., 300 m gacha) masofaga eltuvchi qurilma; shu ishlarni amalga oshirish (tashish) jarayoni. Vibrotransport jumlasiga titrama konveyer, vibratsion nasos, vibratsion bunker, vibratsion Xartum (xobot) lar va b. kiradi. Ularning ishi vibratsion (titrama) tashish mashinalarining ish organlari titrashi taʼsirida materiallarning ilgariga siljib turishiga asoslangan. Vibrotransport korxonalar, tegirmonlar, qurilish, konlar, shaxtalarda, materiallarni vagonlarga ortishda va b. maqsadlarda ishlatiladi. Vibrotransportda tashish jarayoni mobaynida turli texnologik jarayonlarni ham bajarish, mas., materiallarni sovitish, qizdirish, quritish, saralash, suvsizlantirish, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish ham mumkin.


Lotin alifbosida maqola: VIBROTRANSPORT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KONVEYER
YER
SOVITISH MASHINASI
NASOS
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты