VIVALDI

VIVALDI (Vivaldi) Antonio (1678.4.3, Venetsiya — 1741.28.7, Vena) — italyan kompozitori, skripkachi, dirijyor va pedagog, konsert janrining asoschisi. Ijodida turli cholgʻular (asosan, skripka) ga moʻljallangan konsertlar (jami 465 ta) markaziy oʻrin tutadi. Vivaldi muayyan voqeliklarni yorqin ifoda etuvchi (4 qismli «Yil fasllari» kabi) asarlari bilan dasturli simfonizmga ham asos solgan. Oʻnlab diniy va dunyoviy mavzudagi kantata va oratoriyalar, 40 dan ortiq operalar yaratgan. Bular orasida Sharq lavhalarini ekzotik tarzda aks ettiruvchi «Dariyning tojdor boʻlishi», «Armida Misr lagerida», «Aleksandr Hindistonda» kabi asarlar ham mavjud. 1735-y. Verona sh. da ilk bor sahnalashtirilgan Amir Temur haqidagi operasi Yevropada sohibqiron qiyofasini gavdalantiruvchi dastlabki asarlardandir.

Vivaldi ijodiga qiziqish 20-a. da qaytadan uygʻondi, Siyena sh. da «Antonio Vivaldi italyan instituti» tashkil etilib, kompozitor merosi atroflicha oʻrganilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: VIVALDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ITALIYA
FRANSIYA
YAPONIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты