TRIYEST

TRIYEST — Italiyaning shim. kismidagi shahar. FriuliVenetsiyaJuliya viloyati va Triyest provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 209,5 ming kishi (2001). Triyest koʻltigʻi sohilidagi port. Albaniyaning Durres sh. ga parom katnaydi. Kemasozlik, kema dvigatellari ishlab chiqarish., neftni qayta ishlash, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Ingoloʻitadt (GFR) sh. ga neft quvuri oʻtkazilgan. Unt va muzeylari bor. T. — kad. shaxar. 20-a. boshlarigacha turli davlat va knyazliklar tarkibidagi muhim sanoat markazi boʻlgan. 1947—54 y. larda inglizamerika harbiylari nazorati ostidagi «Erkin hudud» qilib ajratildi. 1954-y. gi Italiya bilan Yugoslaviya bitimiga koʻra, Triyest va uning gʻarbidagi yerlar Italiya ga, sharkidagi hudud Yugoslaviya (hoz. Sloveniya) ga oʻtdi. Meʼmoriy yodgorliklardan Rim davriga oid binolar, SanJusto va Buyuk Mixail cherkovlari, Venetsiya qalʼasi (14-a.) va b. saklangan.


Lotin alifbosida maqola: TRIYEST haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ITALIYA
BUYUK BRITANIYA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты