TRIKARBON KISLOTALAR SIKLI

TRIKARBON KISLOTALAR SIKLI, limon kislota sikli, Krebs sikli — oʻsimlik va hayvonlarda yogʻlar, oqsil va uglevodorodlarning parchalanishida oraliq moddalar sifatida hosil boʻluvchi di va trikarbon kislotalarning oksidlanib oʻzgarish jarayoni. Ingliz biokimyogarlari G. Krebs va V. Jonson topgan (1937). Trikarbon kislotalar sikli turli fermentlar taʼsirida katalizlanib amalga oshuvchi ketma-ket reaksiyalardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, ozuqa mahsulotlarining biokimyoviy oʻzgarishi oʻlaroq organizmda Aatsetilkofermenti, Lketoglutar kislota va oksalatsirka kislota hosil boʻlib, keyin Trikarbon kislotalar sikli gacha oksidlanadi. Mazkur reaksiyalarda ana shu holdagi sirka kislota qoldigʻi uglerod dioksid bilan suvgacha oksidlanadi. Natijada mazkur siklning 1aylanishida sirka kislota krldigi butunlay parchalanib ketadi, oksalatsirka kislota esa tiklanadi va 2 yangi aylanish siklida ishtirok etadi. Qoldiq sirka kislotaning Trikarbon kislotalar sikliga oksidlanishida 2 molekula uglerod dioksidning ajralishi va 4-marta degidrogenlanishi bilan sodir boʻladi. Biologik oksidlanishda Trikarbon kislotalar siklining oksidlanishga beriluvchi substratnaya ajralib chiquvchi vodorod atomi oraliq tashitgichlar orqali kislorodga oʻtkaziladi, buning natijasida suv hosil boʻladi. Shu boisdan mazkur sikl organizmda modda va energiya almashinuvi umumiy sistemasida markaziy oʻrinni egallovchi muhim jarayonlardan xisoblanadi. Glikoliz jarayonida yog kislotalarining oksidlanish reaksiyalarida ular energiyasining ʻGʻ3 qismi ajralsa, Trikarbon kislotalar sikli reaksiyalarida barcha energiya ajralib chiqadi. Trikarbon kislotalar sikli fermentlari oʻsimlik, hayvon hamda mikroorganizmlarning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Bunda limon kislota T. k. s. da ham, glioksilat siklida ham baravar ishtirok etadi. Trikarbon kislotalar sikli fermentlari hujayrada maxsus membranalarda — mitoxondriyalarda lokalizatsiyalanadi.


Lotin alifbosida maqola: TRIKARBON KISLOTALAR SIKLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KREBS HALQASI
KIMYO
YOGʻ
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты