TRIKOTAJ SANOATI — toʻqimachilik sanoati tarmogi. Trikotaj sanoati korxonalarida trikotaj polotnolar, jumladan, texnik polotnolar, paypok, buyumlari, ichki va ustki trikotaj kiyimlar, qoʻlqoplar, bosh kiyimlar, sharflar hamda sanoat va tibbiyotda qoʻllaniladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Trikotaj buyumlari ishlab chiqarish. da paxta, jun va kimyoviy tolalardan tayyorlangan iplardan keng koʻlamda foydalaniladi. Trikotaj sanoati s 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Buyuk Britaniya va Fransiyada, 19-a. oxirlarida Rossiyada vujudga keldi.
Trikotajdan tayyorlangan kiyimlar salmogʻi muntazam ortib bormoqda. Bu trikotaj buyumlarining xizmat vazifasining yuqoriligi va iqtisodiy tejamligi bilan bogʻliq. Kimyoviy tolalar, ayniqsa, sintetik iplar ishlab chiqarish. ning muntazam oʻsib borishi, trikotaj ishlab chiqarish. texnikasinig tez rivojlanishi Trikotaj sanoatining taraqkiyotiga katta yordam berdi.
Trikotaj ishlab chiqarish. texnikasi va texnologiyasi taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlari polotno va paypoq ishlab chiqarish. uchun avtomatlashtirilgan uzluksiz liniyalar yaratishdan, uskunalarni yanada unumliroklari bilan almashtirish orqali ishlab chiqarish. jarayonlarini jadallashtirishdan, organik eritgichlar qoʻllab polotnolarga uzluksiz ishlov berish; turli xildagi buyumlar ishlab chiqarish. boʻyicha korxonalarni ixtisoslashtirib borishdan iboratdir.
Trikotaj sanoati Oʻzbekistonda 30—40-y. larda shakllandi. 1939-y. da Oʻrta Osiyoda eng yirik hisoblangan Qoʻqon paypoqfkasi (1943-y. dan kt) ishga tushirildi. 1945-y. da Toshkent tikuvchilik fkasi negizida trikotaj fkasi tashkil etildi. Unda 1960-y. da 4572 ming dona ichki va 1597 ming dona ustki trikotaj kiyimlari ishlab chiqariddi. Bundan tashqari, respublikada Toshkent ustki trikotaj kiyimlar fkasi (1960), Samarkand (1950), Buxoro (1961), Andijon (1968) trikotaj fkalari qurilib, mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Tarmoqdagi eng yirik korxona — Toshkentda 1941-y. da ishga tushirilgan «Malika» trikotaj ishlab chiqarish. birlashmasida erkaklar, ayollar va bolalarning 200 xildan ortiq ustki va ichki trikotaj kiyimlari ishlab chikarildi.
80—90-y. lar boshida trikotaj korxonalari yangi uskunalar bilan jihozlandi, yangi korxonalar qurildi. «Malika», Buxoro, Samarkand, Qoʻqon paypoqtoʻquv kti tubdan rekonstruksiya qilindi, Oltinkoʻl trikotaj matolar fkasi, Qorasuv va Jizzax paypoq fkalari ishga tushirildi. Xoʻjaobod (1985), Shahrixon (1986), Chortoq (1986), Shahrisabz (1993)da trikotajtikuvchilik fkalari quriddi. Respublika T. s. da 1500 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chikariladi. (2004).
Asosiy yirik trikotaj korxonalari Andijon (Shahrixon «Nafis», «Oltinkoʻl», «Qorasuv paypoq fabrikasi» aksiyadorlik jamiyatlari), Fargʻona (Qoʻqon «Ulugʻbek», «Uchkoʻprik» tikuvchiliktrikotaj birlashmasi aksiyadorlik jamiyatlari), Samarqand («Bofanda» aksiyadorlik jamiyati), Jizzax («Zilolateks» aksiyadorlik jamiyati), Qashqadaryo (Shahrisabz «Sado» aksiyadorlik jamiyati, «Kashteks» qoʻshma korxonasi), Xorazm («Gurlan») viloyatlari va Toshkent sh. da («Malika» aksiyadorlik jamiyati) joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi T. sda 2003-y. da 28649 (2000-y. da 38887, 2002-y. da 32858) ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Nuriddin Musayev.