TRILOGIYA

TRILOGIYA (yun. tri — uch, logos — soʻz) — umumiy mazmuni, gʻoyasi, asosiy qahramonlari, syujet chizigʻining oʻzaro aloqadorligi, bogʻliqligi bilan bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etuvchi uch mustaqil asar. T. xarakteridagi asarlarning eng dastlabkilari Yunonistonda yuzaga kelgan. Evripid, Esxil, Sofokl kabi yunon tragediyanavislari ilk dramatik Trilogiyalar yaratganlar. Mas., «Zanjirband Prometey», «Oresteya», «Fivaning yetti dushmani» singari asarlar shular jumlasidandir. Keyinchalik jahon adabiyotida (Bomarshe, F. Shiller, L. N. Tolstoy, S. T. Aksakov va b.) dramatik va nasriy Trilogiya larning xilmaxil namunalari yaratildi.

Oʻzbek adabiyotida ham Trilogiya janrida asarlar yaratilmoqda. M. Ismoiliyning «Fargʻona tong otguncha», Sayd Ahmadning «Ufq» («Qirq besh kun», «Hijron kunlari», «Ufq boʻsagʻasida») asari Trilogiya janrining namunalaridir. Lirik asarlarga nisbatan «Trilogiya» termini kam qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TRILOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA
XITOY
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты