TRINIDAD VA TOBAGO

TRINIDAD VA TOBAGO (Trinidad and Tobago) , Trinidad va Tobago Respublikasi (Republic Trinidad and Tobago) — Karib dengizidagi Trinidad va Tobago o. larida joylashgan davlat. Mayd. 5,1 ming km2. Aholisi 1,16 mln. kishi (2002). Poytaxti PortofSpeyn sh. Maʼmuriy jihatdan 9 graflik (county)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Trinidad va tobago va Trinidad va tobago — respublika, Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-y. qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2003-y. dan Maksuell Richardo). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati haqida Trinidad hamda Tobago maqolalariga q.

Aholisining 60% negr va mulatlar, 37% hindlar, 1% xitoylar, 1%yevropaliklar. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining koʻpchiligi xristian; hindlar hinduizmga ibodat qiladi. Shahar aholisi 71,8%. Yirik shaharlari: PortofSpeyn, SanFernando, Arima.

Tarixi. Trinidad va Tobago o. larida qadimdan indeyslar yashab kelgan. 15-a. da orollarga yetib kelgan ispanlar bu yerni mustamlakaga aylantirdi, mahalliy aholining deyarli hammasini qirib tashladi. 1797-y. inglizlar Trinidadni bosib oldi va u 1802-y. dan rasman Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1814-y. Tobago ham inglizlar mulkiga aylandi. Shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan qoratanli qullar keltirildi. 1834-y. qulchilik bekor qilingach, qoratanlilar plantatsiyalarni tashlab ketishdi. Ularning oʻrnini toʻldirish uchun Hindiston, Xitoy, Portugaliya va b. mamlakatlardan shartnoma asosida ishchilar keltirila boshladi. 1866-y. Trinidadda neft konlari ochilishi tufayli sanoat rivojlana boshladi, ishchilar tashkilotlari tuzildi. 1899-y. Tobago maʼmuriy jihatdan Trinidadga birlashtirildi. 2-jahon urushi davri va undan keyin orollarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950-y. T. va Trinidad va tobagoga ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berildi. 1958—62 y. larda mamlakat Buyuk Britaniya tuzgan VestIndiya Federatsiyasi tarkibida boʻldi. 1962-y. 31 avg. dan Trinidad va tobago va T. Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. 1976-y. 1 avg. da respublika deb eʼlon qilindi. Trinidad va tobago va Trinidad va tobago — 1962-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avg. — Mustakillik kuni (1962).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq milliy harakati, 1956-y. tuzilgan; Kaita qurish uchun milliy ittifoq, 1986-y. asos solingan; Birlashgan milliy kongress, 1989-y. tashkil etilgan. Milliy kasaba uyushma markazi, 1991-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Trinidad va tobago va Trinidad va tobago industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 44%, qishloq xoʻjaligi. ning ulushi 2,2%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 53%.

Sanoatida neft qazib chiqarish hamda neftni qayta ishlash iqtisodiyotning asosini tashkil etadi (oʻz neftidan tashqari Venesuela, Saudiya Arabistoni va b. mamlakatlardan keltirilgan neftni qayta ishlab, neft mahsulotlari va kondensat ishlab chiqariladi). Tabiiy gaz, asfalt va gips qazib olinadi. Metallurgiya, neft kimyosi, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, sement, oyna, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand ishlab chiqarish.) korxonalari bor. Poʻlat va alyuminiy ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi suyet rivojlangan va u mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Shakarqamish, kakao, kofe, tamaki, kokos palmasi, banan, sitrus mevalar ekiladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — sholi. Krramol, choʻchqa, echki boqiladi. Baliq ovlanadi. Kimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Avtomobil yoʻllari uz. 8,2 ming km. Asosiy dengiz porti — PuentaPyer. Xorijiy turizm rivojlangan. Chetga neft va neft mahsulotlari, qandshakar chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, sanoat mollari, xom neft, mashina va uskunalar oladi. AQSH, Buyuk Britaniya, Karib xavzasi mamlakatlari bilan savdo kiladi. Pul birligi — T. va Trinidad va tobago dollari.

Maorifi, madaniymaʼrifiy muassasalari. Trinidad va tobago va Trinidad va tobagoda davlatga qarashli maktablardan tashqari xususiy maktablar ham bor. Davlat maktablarida oʻqish bepul. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Zamonaviy taʼlim tizimi 7 y. lik boshlangʻich maktab va 5 y. lik oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich taʼlim—majburiy. PortofSpeyn yaqinida VestIndiya untining Trinidad boʻlimi bor. PortofSpeyn va SanFernandoda politexnika intlari ochilgan. PortofSpeynda Trinidad va tobago va T. Markaziy va Ommaviy kutubxonasi, VestIndiya unti Trinidad boʻlimining kutubxonasi, milliy muzey va galereya mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yirik gaz. lari: «Trinidad gardian» («Trinidad posboni», kundalik gaz., 1917-y. dan), «Trinidad end Tobago gazett» («Trinidad va Tobago gazetasi», hukumat haftanomasi, 1882-y. dan), «Trinidad end Tobago ekspress» («Trinidad va Tobago shoshilinch xabarlari, kundalik gaz., 1967-y. dan), «Nyusdey» («Kun yangiliklari», kundalik gaz., 1993-y. dan), «Sandi gardian» («Yakshanba posboni», haftanoma, 1917-y. dan). Milliy agentligi yoʻq. Radioeshittirish 1947-y. dan («Neshnl brodkasting netuork limited» hukumat mahkamasi, 1957-y. tashkil etilgan), telekoʻrsatuv 1962-y. dan («Trinidad end Tobago televiji kompani limited» tijorat xizmati, 1962-y. tashkil etilgan) olib boriladi.

Adabiyoti. Trinidad indeyslarining folklori hozirgacha deyarli saklanib krlmagan. Negrlarning bu yerda toʻqigan va ijtimoiy mazmun bilan sugorilgan «kalipso» qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodining namunalaridir. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida vujudga keldi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining kuchayishi adabiyotning kamol topishiga samarali taʼsir qildi. R. de Buassyer va S. Selvonning ijtimoiy mavzudagi romanlari dastlabki salmokli asarlardir. Taniqli yozuvchi V. S. Neypolning «Elvirdagi saylov» (1958), «Taklidchilar» (1967), «Mister Bisvasga atalgan uy» (1961), «Partizanlar» (1975), «Dare oʻzani» (1979) kabi romanlarida VestIndiyadagi voqelikni zaharxanda bilan tanqid qiladi. Mustaqillik yillarida I. Xan, M. Entoni, E. Lavles kabi isteʼdodli adiblar adabiyotga kirib keldi. G. Telemak, E. Rouch, D. Uolkott (1970-y. lardan nazmda ijod qilgan) kabi shoirlar mashhur. D. Uolkott, E. Xill, E. Jon esa dramaturgiyani rivojlantirdilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Mustamlaka davri meʼmoriy yodgorliklaridan Tobago o. da yevropaliklar qurgan Jeyms qalʼasi (1666) xarobasi saklanib qolgan. 19-a. boshlaridan klassitsizm va qorishiq meʼmorlik uslubidagi jamoat binolari, xos uylar, cherkovlar kurildi (PortofSpeyndagi Yepiskop saroyi, Oll Sents sobori va b.). 20-a. ning 20-y. larida hind va musulmon ibodatxonalari (SentJofer sh. dagi masjid) barpo etiddi. Shaharlarda pastqam yogʻoch uylar koʻp uchraydi. Tasviriy sanʼat 19-a. ning 2yarmidan rivojlana boshladi. 20-a. ning tanikdi rassomlari orasida J. M. Kazabon, A. Kodalyo, M. Uayk, J. Farrel, J. Kramvell, K. Changlar bor. Kad. xalq hunarmandchiligida Aravak indeyslarining keramika, gazmol, bezak buyumlari saklangan, anʼanaviy karnaval bayramlariga liboslar tayyorlash odati davom etib keladi.


Lotin alifbosida maqola: TRINIDAD VA TOBAGO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты