VIDEOFILM

VIDEOFILM — videomagnit lentasi (tasmasi)ga (kinoplyonkaga emas) yozilgan film. Badiiy, ilmiy-ommabop, hujjatli-publitsistik, xronikal va b. turlari mavjud. Garchand kinofilmga oid xususiyatlarni oʻz ichiga olsada, estetik va texnologik i. ch. jihati bilan undan farq qiladi. Mac, suratga olishning koʻp kamerali uslubini qoʻllash; elektronli montaj qilish; har qanday murakkab kadr olishga imkon beruvchi oʻziga xos ustunligi; magnit tasmasiga oʻchirib bir necha bor qayta yozish mumkinligi va b. V. 20-a. ning 50-y. lari Yevropa televideniyesida paydo boʻlib, keyinchalik keng tarqalgan. Oʻzbekistonga Videofilm 70-y. lar kirib keldi. Ilk bor koʻp qismli Videofilm («Ulugʻbek xazinasi») 1972-y. namoyish kilingan. Keyinchalik «Diyonat», «Girdob», «Alisher Navoiy», «Bobur», «Kecha va kunduz», «Soʻnggi oʻq», «Koʻngil koʻchalari», «Domla»: «Charxpalak», «Shaytanat» kabi Videofilmlar koʻrsatildi. Amir Temur tavalludining 660-y. ligi munosabati bilan «Buyuk Amir Temur» badiiy filmi bilan bir katorda 6 qismli badiiy, turkum xujjatli va ilmiy-ommabop Videofilmlar yaratildi. Shuningdek, Gyote, Bayron, Stendal kabi mumtoz adabiyot vakillarining asarlari ham Videofilm sifatida koʻrsatildi. Oʻzbekistonda rej. lardan H. Aliyev, H. Qahramonov, M. Mirzaahmedov, M. Mahkamov, M. Muhamedov, Yu. Roziqov V. lari mashhur.

Anvar Yoqubxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: VIDEOFILM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR
TOSHKENT
BOBUR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты