VIDIKON

VIDIKON (video…va yun. likon — tasvir) — fotooʻtkazuvchi nishonli uzatuvchi televizion trubka; telekameraning asosiy elementi. Ichki fotoeffekt yordamida obyektning optik tasvirini elektr signaliga aylantiradi. Vidikon tarqatuvchi va sanoat televideniyesi tizimida uzatuvchi trubkaning asosiy turi.

Vidikonning asosiy elementi nishon; u shaffof oʻtkazgich taglikka oʻtkazilgan yupqa qatlamli yarimoʻtkazgichli fotoqarshiliklar majmuidan iborat. Dastlabki Vidikon larning nishoni SbS3 dan tay-yorlangan. Studiyadagi uzatishlar uchun nishoni yorugʻlikka nisbatan yuqori sezgirlikka va kichik inersiyaga ega boʻlgan RYO dan yasalgan Vidikon (plyumbikon, ledikon) koʻp qoʻllaniladi. Selenid kadmiyniig (xalnikon yoki kadmi-kon), Se—As—Te ning (satikon), ZnS — Cd— Te ning (nyuvikon) geterooʻtishlariga asoslangan nishonlar kichik qorongʻilik tokiga (yorugʻlik tushmaganda) ega. Bunday Vidikon studiyadan tashqarida rangli reportaj kameralari uchun qoʻllaniladi.

Rangli tasvirlarni uzatish uchun yoki mos rangli filtrlar bilan 3 ta Vidikon, yoki nishoni yorugʻlik filtrlarining davriy tuzilishiga ega boʻlgan, 3 asosiy rangli tasvir (koʻk, qizil, yashil)ni qoʻshuvchi va ajratuvchi maxsus konstruksiyali bitta Vidikon ishlatiladi. Nishoni rentgen nurlanishiga sezgir boʻlgan amorf Se dan yasalgan Vidikon rentgen televizion defektoskopiyada ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: VIDIKON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TELEVIDENIE
YORUGʻLIK OʻTKAZGICH
TELEVIZION TRUBKA
TOSHKENT
YORUGʻLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты