TRIOD

TRIOD [yun. tri — uch va (elek)trod] — termoelektron katod (bevosita yoki bilvosita qiziydi), boshqaruvchi toʻr va anodlardan iborat 3 elektrodli elektron lampa. Oddiy Triodda silindrik anod (qiyin eruvchi metall — Ni, Mo yoki Ta dan yasaladi) ichiga spiralsimon toʻr (oʻsha metalldan qilinadi) joylashtiriladi. Anod va toʻrning umumiy oʻqiga katod (vanadiy W dan tayyorlanadi) joylashtiriladi. Vazifasiga koʻra, Triod larning konstruksiyasi va koʻrsatkichlari qiymati turlituman, Triod qabul qiluvchikuchaytiruvchi lampa, generator lampa sifatida ishlatiladi. Triod yuqori quvvatli elektr tebranishlari generatorlarida, yuqori radiatsiyali va oʻzgaruvchan trali sharoitda ishlaydigan radiopriyomniklarda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TRIOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GENERATOR LAMPA
ELEKTRON LAMPALAR
YER
TERMOELEKTRON EMISSIYA
SINXRON GENERATOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты