VIJAYANAGAR

VIJAYANAGAR — Hindistonda, Krishna daryosidan jan. da 14—17a. larda mavjud boʻlgan davlat; Hindistonning aksar qismida musulmon sulolalari hukmronlik qilayotgan davrda hindlarning eng yirik davlati. Jan. hind xalqlari (telugu, tamil, kannara va tulu)ning Dehli sultonligiga qarshi kurashi natijasida vujudga kelgan (1336). Poytaxti — Vijayanagar sh. (lugʻaviy maʼnosi — gʻalaba shahri). Devarayya II davri (1422—46)da butun Jan. Hindiston V. ga qoʻshib olingan, Seylon va Birmaga harbiy yurishlar qilinib Bahmaniylar sultonligi ustidan bir necha gʻalabalarga erishilgan. Krishnadevarayya davri (1509—29)da Vijayanagar qudratli davlatga aylangan. Vijayanagarda jan. hind xalqlarining sanʼati va adabiyoti taraqqiy etgan. Biroq ichki nizolar, qoʻshni sultonliklar bilan boʻlgan muttasil urushlar natijasida Vijayanagar zaiflashgan. Bijapur, Ahmadnagar, Bidor va Golkonda sultonliklari bilan boʻlgan urushda (Talikot jangi, 1565) magʻlubiyatga uchragach, Vijayanagar mayda sultonliklarga boʻlinib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: VIJAYANAGAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты