TRIPANOSOMALAR

TRIPANOSOMALAR (Tripanosoma) — kinetoblastidlar turkumiga mansub parazit xivchinlilar urugʻi. Uz. 15—40 mkm. Gavdasi duksimon, yadrosi bitta. Xivchini tanasining keyingi qismida joylashgan bazal tanachadan boshlanib, tanasi boʻylab oʻtgan va yupqa membrana yordamida pellikula qobiq bilan tutashgan. 10 dan ortiq turi bor. Boʻyiga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Umurtqali hayvonlarning qoni, orqa miya suyukligi va b. toʻqimalarida parazitlik qiladi. Osmotik oziqlanadi. Ayrim turlari qonga eritrotsitlarni yemiruvchi toksinlar ajratadi. Tripanosomalar hasharotlar (setse pashshasi, soʻnalar), kanalar va b. tashuvchilar orqali yuqadi. Odamda ogʻir uyqu va chagas, uy hayvonlarida «suv ogʻriq» (ot, tuya, fil, kuchuk) va nagana (qoramollar), kuyiqish (ot) kasalliklarini tarqatadi.


Lotin alifbosida maqola: TRIPANOSOMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
BOSH MIYA
OʻTKAZUVCHI YOʻLLAR
OʻTKAZUVCHI YOʻLLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты