VIJDON

VIJDON — axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xattiharakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qila olish, oʻzida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Vijdon dastlabki axloqiy mayl boʻlib, tashqi taʼsir tufayli rivojlanishi yoki soʻnishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning oʻz xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon boʻlish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon boʻladi. Vijdon yaxshilik, burch, baxt, halomik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bogʻliq. Jamiyatning rivojlanishi, maʼnaviy, axloqiy yuksalishi bilan Vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushun-chasi Vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi.

Ad.: Karimov I. A., Istiqlol va maʼnaviyat, T., 1994.


Lotin alifbosida maqola: VIJDON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
MAʼNAVIYAT
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты