TRIPOLI

TRIPOLI, Tarabulus alGʻarb — Liviya poytaxti. Oʻrta dengiz sohilida. Aholisi 595 ming kishi (1990-y. lar boshlari). Iqlimi subtropik, quruq. Oʻrta dengiz atrofiga xos iklim. Yanv. ning oʻrtacha trasi 12°, iyulniki 27°. Yillik yogin 370 mm.

Tripoli — mamlakatning eng yirik shaxri, savdosanoat va moliya markazi. Yirik dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Tripolida mamlakat sanoat korxonalarining 3/4 qismi joylashgan. Toʻqimachilik, koʻnteri, neftni kayta ishlash, oziq-ovqat (un tortish, baliq konservalash, tamaki, yogʻmoy) sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, kiyim, poyabzal, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Unt, tabiat tarixi va arxeologiya muzeylari, teatr bor. Tripolida har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.

Qadimda Tripoli oʻrnida finikiyaliklarning koloniyasi Ea sh. boʻlgan. Ularning Ea, Sabrata va LeptisMagna koloniyalari «Tripolis» (yun. «Uch shahar») deb atalgan. Keyinchalik Ea shu nom bilan atala boshlagan. Mil. av. 105-y. dan Rim, mil. 5-a. da vandallar, 6—7-a. larda Vizantiya qoʻl ostida boʻlgan. 643-y. dan arablarga oʻtgan. 1551 — 1911-y. larda Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1911-y. da Italiya qoʻshinlari bosib olgan. 1943-y. da shaharni inglizlar egallagan. 1951-y. dek. da Liviya mustaqillikka erishgach, Tripoli uning poytaxti.

Meʼmoriy yodgorliklardan Mark Avreliy zafar arki (164-y.), qalʼa (16-a.), qirol saroyi, masjidlar saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: TRIPOLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
LIVIYA
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты