VIZA

VIZA (frans. visa, lot. visis — koʻzdan kechirilgan, qaralgan) — 1) turli davlatlar fuqarolarining boshqa biron-bir davlatga kirishi, undan chiqishi, qisqa muddat yashashi yoki davlat hududidan oʻtishi uchun hukumat masʼul organlari tomonidan (mas., tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi) fuqaro pasportiga qoʻyiladigan maxsus rasmiy ruxsat belgisi. Vizalar oddiy, turistik, xizmat va diplomatik turlarga boʻlinadi. Oddiy Viza fuqarolarga shaxsan foydalanish uchun, turistik Viza — uyushgan yoki yakka sayyohlarga, xizmat Vizasi — davlat va hukumat organlarining xizmatchi shaxslariga xizmat yuzasidan, diplomatik Viza esa diplomatik maqomga ega boʻlgan masʼul kishilarga beriladi. Viza lardan bir yoki koʻp marta foydalanish mumkin. Bir marta foydalaniladigan Viza koʻrsatilgan muddat ichida Viza beruvchi mamlakatga bir marta kelib-ketish uchun ruxsatnomadir. Koʻp marta ishlatiladigan Viza koʻrsatilgan muddat ichida ruxsat bergan davlatga bir necha marotaba kelib-ketish huquqini taʼminlaydi. Shuningdek, koʻpgina mamlakatlarda fuqaro pasportlariga oʻz mamlakatidan xorijiy yurtlarga chiqish uchun ruxsatnoma — V. belgisi qoʻyilishi mumkin; 2) biron hujjat ustidagi yozuv — rozilik belgisi; hujjatning ichki kelishuvini ifodalaydi. Amaliyotda bironbir hujjatni tayyorlagan shaxsning bu hujjatga masʼulligini tasdiqlovchi imzosini, shuningdek mansabdor shaxsning muayyan hujjatdagi fikrga (iltimos yoki talabga) roziligini anglatadi.


Lotin alifbosida maqola: VIZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YER
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты