TRIPOLITANIYA — Liviyadagi tarixiy viloyat. Mil. av. 1ming yillikning 1yarmida Tripolitaniyaning sohil boʻyi qismida finikiyaliklarning 3 ta koloniyasi — Sabrata, LeptisMagna va Ea [shundan yun. Tripolus (aynan — 3 shahar) nomi olingan] barpo etilgan. Mil. av. 5-a. oʻrtasi — 3-a. oxirida Karfagenga, 218 — 201-y. larda Numidiya, mil. av. 2-a. oxiri — mil. 5-a. da Rimga, soʻngra — vandallar, keyinchalik Vizantiyaga tobe boʻlgan. 7-a. dan arablar hukmronligi ostida. 16-a. — 1911-y. larda Usmonli turk imperiyasi, soʻngra 1943-y. gacha — Italiyaning Liviya mustamlakasi tarkibida. 1951—63 y. larda Liviya kirolligining 3 viloyatidan biri.