VIZANTIYA HUQUQI

VIZANTIYA HUQUQI — 6-15a larda-gi Vizantiya imperiyasining huquqi. Vizantiya huquqi Rim huquqita asoslangan. 6—8-a. larda Vizantiyada Feodosii va Yustinian kodekslari amal qilgan. 726-y. da «Ekloga» — fuqarolik va jinoyat huquqdari majmuasi tuzilgan. «Dehqonchilik qonuni» (8-a.), cherkov va dunyoviy huquqlar majmuasi —«Nomokanonlar», Armenopuloning «Olti kitobi» (1345) Vizantiya huquqi h-ning asosiy manbai hisoblanadi. Vizantiya huquqi xususiy yer egaligiga asoslanib, savdo-sotiq, ijara, qarz, garov shartnomalari alohida oʻrin egallaydi. Vizantiyaning nikoh-oila va meros huquqida cherkov taʼsiri izchil boʻlgan. Vizantiya huquqi Gʻarbiy Yevropa va Old Osiyo mamlakatlari qonunchiligiga taʼsir koʻrsatgan.


Lotin alifbosida maqola: VIZANTIYA HUQUQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIZANTIYA
YER
ITALIYA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты