VIZANTIYASHUNOSLIK

VIZANTIYASHUNOSLIK, vizantistika — Vizantiyaning tarixi, HUKUQI, tili va madaniy merosini (adabiyoti, falsafasi, sanʼati va b.) oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui. Vizantiyashunoslik alohida bilim tarmogʻi sifatida 19a. 2-yarmida, fanda «Vizantiya» termini qaror topgan chogʻda shakllandi. Lekin Vizantiyashunoslikning ildizlari chuqur boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Vizantiyadan tashqarida uning madaniyati va tarixiga qiziqish ilk oʻrta asrlardayoq tarixiy taqdirlari Vizantiya imperiyasi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Armaniston, Gruziya, jan. slavyan mamlakatlari va Qad. Rusda namoyon boʻlgan. Gʻarbiy Yevropada Vizantiyaga boʻlgan eʼtibor Uygʻonish davri (15—16-a. lar) da, ayniqsa usmonli turklar 1453-y. Konstantinopolni egallab, Yevropadagi boshqa davlatlarga xavf sola boshlaganlaridan soʻng kuchaygan. Mac, 17 — 18-a. larda Fransiyada Vizantiyashunoslikga qirol saroyi homiylik qilib, undan siyosiy maqsadlarda foydalanganlar: Vizantiya markazlashgan monarxiyaning namunasi sifatida tasvirlangan. Sh. Dyukanj, P. Lemerl (Fransiya), E. Gibbon (Buyuk Britaniya), K. Krumbaxer (Germaniya), V. G. Vasilyevskiy, M. V. Levchenko, Ye. A. Kosminskiy (Rossiya), A. Greguar (Belgiya), G. A. Ostrogorskiy (Yugoslaviya), M. Meyendorf (AQSH) va b. V. rivojiga salmoqli hissa qoʻshganlar. Vizantiyashunoslik boʻyicha 1924-y. dan beri xalqaro kongresslar chaqirilib turiladi. Vizantiyashunoslarning xalqaro assotsiatsiyasi mavjud (1955). Hozirda Vizantiyashunoslikning ilmiy markazlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR, Belgiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, Rossiya va b. mamlakatlardagi un-t va fanlar akademiyalarida bor. V. ga oid davriy nashrlar turli mamlakatlarda chop etilmoqda.

Bobur Gʻiyosov.


Lotin alifbosida maqola: VIZANTIYASHUNOSLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
GRUZIYA
XITOY
VIZANTIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты