TRIPSIN — ovqatni hazm qiddiradigan ferment; gidrolazalar sinfiga kiradi. Tripsin meʼda osti bezida hosil boʻladi. Ichakda oqsilni parchalaydi. Tripsinning mol. m. taxm. 22680. T. preparatlari jarohatlanganda, kuyganda, tromboz va b. ni davolashda baʼzi ferment va antibiotiklar bilan birga qoʻllanadi.