VIZGO Tamara Semyonovna

VIZGO Tamara Semyonovna (1906.25.4, Polsha, Lomja sh. —1998.30.5, Moskva) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976). Sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1969). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1940). Toshkent musiqa bilim yurtida (1939—46), Toshkent konservatoriyasida (1944—53) dare bergan. Sanʼatshunoslik i. t. institutida ilmiy xodim (1943—91), musiqa boʻlimi mudiri (1947—52), direktor oʻrinbosari (1952—57). Tadqiqotlari asosan oʻzbek kompozitorlik musiqa madaniyatining yuzaga kelishi va rivojiga, Oʻrta Osiyo musiqa sozlari tarixiga bagʻishlangan. 3 jildli «Oʻzbek sovet musiqasi tarixi» toʻplami (rus tilida, T., 1972—91), «Musiqa tarixi tasvirlarda. Markaziy Osiyo» (nemis tilida, Leypsig, 1987) kitobining mualliflaridan biri.


Lotin alifbosida maqola: VIZGO Tamara Semyonovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TARIX
TOSHKENT
POLSHA
IKKINCHI JAHON URUSHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты