VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR (Carabidae) — yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uz. 12—90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoklari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qora yoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, iazan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. Vizildoq qoʻngʻizlar tuproqda va uning sirtida, baʼzan daraxtlar va ularning yogʻoch qismida, chumoli va termitlar uyalarida, gʻorlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari tuprokda yashaydigan har xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Xususan, suluv qoʻngʻizlar kapalaklarning qurtlari, asl vizildoqlar (Carabus) hasharotlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Oʻsimlikxoʻr Vizildoq qoʻngʻizlar ekinlarga, mas., donxoʻr Vizildoq qoʻngʻizlar (Zabrus tenebrioides) bugʻdoyga ziyon keltiradi. Bir qancha Vizildoq qoʻngʻizlar, mas., toʻpchilar qurtlari boshqa qoʻngʻizlar gʻumbagida ektoparazitlik qiladi. Bir yillik, ikki yillik, baʼzan uzoqroq generatsiyaga ega. Vizildoq qoʻngʻizlar ustida zoogeografik, geografik oʻzgaruvchanlik va hayotiy formalari boʻyicha bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Vizildoq qoʻngʻizlar mikroiqlim, tuproq va oʻsimlik qoplami sharoitining oʻzgarishiga juda sezgir boʻlganidan bioindikator sifatida foydalaniladi. 30 mingdan ortiq turi shimoldan ekvatorgacha boʻlgan hududlarda tarqalgan, bir qancha turlari turli mamlakatlar Kizil kitobiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 400 dan ortiq turi uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KAPALAKLAR
DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR
KANALAR
OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты