TRIUMF

TRIUMF (lot. triumphus) — 1) Qad. Rimda muzaffar sarkardaning qoʻshin bilan poytaxtga (Mars maydonidan Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasigacha) tantanali kirib kelish marosimi. Triumf senat karori bilan oʻtkazilgan va sarkarda uchun eng oliy mukofot sanalgan. Triumf marosimini senatorlar boshlab berishgan, ularning ketidan sozandalar va qoʻshiqchilar kuzatuvida 4 ta oq ot qoʻshilgan jang aravasida gʻolib sarkarda (triumfator) borgan. Jangchilar oʻlja va badavlat, zodagon asirlarni olib oʻtganlar. T. Rimning zafarli urushlari davrida (mil. av. 3 — 1-a. lar) 2—3 kun davom etgan. Imperiya davrida Triumflik sharafiga imperator va uning yaqin qarindoshlarigina sazovor boʻlishgan;

2) koʻchma maʼnoda — ajoyib muvaffaqiyat, buyuk gʻalaba.


Lotin alifbosida maqola: TRIUMF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RIM
HARBIY SANʼAT
BUYUK BRITANIYA
MISR
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты