TRIXINALAR

TRIXINALAR, trixinellalar (Trichinella) — trixinellalar oilasiga mansub nematodalar urugʻi. Erkagining uz. 0,6—1,6 mm, urgochisi 1,3 — 4,4 mm. 2—3 turi bor. Spiral Trixinalar kup uchraydi. Voyaga yetgan davrida yirtqich va hammaxoʻr hayvonlar, jumladan, odam ingichka ichagi boʻshligʻida yashaydi. Otalangan urgʻochi Trixinalar ichak devoriga kirib olib, mikroskopik lichinkalar tugʻadi. Lichinkalar qon orqali barcha organlarga tarqaladi. Kapillyarlardan muskullarga oʻtib, bir oz oʻsgach, spirallanadi va ohak kapsulaga oʻraladi. Kapsulada bir necha vaqt tirik saqlanadi. Hayvonlar zararlangan goʻshtni yeb, Trixinalarni yuqtiradi; ana shundan soʻng Trixinalar ingichka ichakka tushib voyaga yetadi. Odam yaxshi pishirilmagan choʻchqa yoki boshqa hayvon goʻshtini yeb zararlanadi. Trixinalar trixinellyoz kasalligini keltirib chikaradi. Soxta trixinella qushlarda parazitlik qiladi.


Lotin alifbosida maqola: TRIXINALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TRIXINELLYOZ
YER
XITOY
QON KETISHI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты