TRIXINELLYOZ

TRIXINELLYOZ — odam va hayvonlarda uchraydigan gijja kasalligi; yumalok, chuvalchanglar sinfiga mansub trixinellalar qoʻzgʻatadi. Yetuk trixinellalar 1,5—4 mm kattalikda boʻlib, odam yoki hayvonning ichak shilliq qavatida parazitlik qiladi, urgochisi ingichka ichakda tirik lichinkalar tugʻadi va ular ichak shilliq qavatidan qon tomirlariga oʻtadi, qon aylanish sistemasi orqali koʻndalangtargʻil muskullarga joylashadi; shu joyda spiralga oʻxshab oʻralib oladi, oʻsib, ohakli kapsula hosil qiladi. Sogʻlom kishilar kasallangan hayvon goʻshtini chala pishirib isteʼmol qilganda zararlanadi. Odamga Trixinellyoz, asosan, choʻchqa yoki ov hayvonlari (ayiq, morj, boʻrsiq) goʻshti orqali yuqishi mumkin.

Inkubatsion davri 2—3 hafta. Kasallik yuqqanda dastlab bemorning t-rasi koʻtariladi, koʻzi qizaradi, yorugʻlikdan qoʻrqadi, muskullari, baʼzan korni ogʻriydi, ichi ketadi va h. k. Qovoklar, yuz salqiydi, baʼzan koʻz butunlay yumilib qolishi mumkin. Shuning uchun Trixinellyoz xalq orasida «yuz salqishi» deb yuritiladi.

Bemor kasalxonada davolanadi. Trixinellyozning oldini olish uchun choʻchqalarni sanitariyagigiyena qoidalari asosida boqish, ularning oʻlimtik kemiruvchilar yeyishiga zinhor yoʻl qoʻymaslik zarur.


Lotin alifbosida maqola: TRIXINELLYOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты