TRIXOMONOZ

TRIXOMONOZ — siydiktanosil aʼzolarining yalligʻlanish kasalligi; qin trixomonadalari qoʻzgʻatadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi sogʻlom kishilarga jinsiy yoʻl bilan oʻtadi. Qin trixomonadalari tashqi muhitning turli omillariga nisbatan beqaror boʻlib, ular (mas., kuyosh nuri) taʼsirida tezda nobud boʻladi. Qiz bolaga Trixomonoz bemor onasi yoki boshqa ayol bilan bir oʻrinda yotganida yuqishi mumkin. Trixomonoz erkaklarda ham, ayollarda ham kuzatiladi; odatda, kasallik erkaklarda bilinarbilinmas kechadi. Qin trixomonadalari erkakning siydik chiqarish kanaliga kirib, uni yalligʻlantiradi (trixomonad uretrit); ozgina shilliq chiqindi kelishi mumkin, lekin kasallik hech qanday alomatlarsiz oʻtadi. Faqat bemorni sinchiklab tekshirganda trixomonadalar topiladi. Kasallikning aniq alomatlari boʻlmasligidan qatʼi nazar, trixomonadalar topilgan kishilar, albatta, davolanishi shart. Oʻz vaqtida davo qilinmasa, moyak ortiklari yalligʻlanishi (q. Epididimit), kasallik surunkali shaklga oʻtishi va bepushtliksh sabab boʻlishi mumkin. Trixomonoz bilan ogʻrigan ayollarda koʻpincha qin zararlanadi. Qindan qoʻlansa hidli chiqindi ajraladi va tashqi jinsiy aʼzolar qichishib, lovullab turadi. Turli noxush omillar oqibatida organizm chidamining pasayishi (mas., organizmning sovqotishi, shamollash kasalliklari, ayniqsa, tugʻruqdan va abortdan keyingi kasalliklar), shuningdek, hayz koʻrish davri yalligʻlanishning bachadon va b. aʼzolarga tarqalib ketishiga sabab boʻladi (q. Andeksit). Er yoki xotinda kasallik topilgan vaqtda ularning har ikkalasi ham davolanishi shart. Trixomonoz bilan ogʻrigan bemorlar batamom sogʻayguncha davolanishlari zarur, aks holda kasallik yillab choʻzilishi, vaqtvaqti bilan qoʻzib turishi mumkin.

Trixomonozni davolash davrida shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish; jinsiy aloqadan oʻzni tiyish kerak. Davo tugagach, 2—3 oygacha vrach nazoratida boʻlish lozim. Trixomonozning oldini olishda shaxsiy va jinsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: TRIXOMONOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SOʻZAK
JINSIY HAYOT
JINSIY AʼZOLAR
ZAXM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты