TRIXOFITIYA

TRIXOFITIYA (yun. trichos — qil, soch va phyton — oʻsimlik) , qirma temiratki (moyxoʻrak) — zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik. T. ni parazit zamburugʻlarning bir necha turi qoʻzgʻatadi. Ulardan ayrimlari faqat odamda parazitlik qilib, Trixofitiyaning yuzaki shaklini keltirib chiqaradi. Boshqalari, asosan, hayvonlar (sichqon, kalamush, sigir, ot, qoʻy va b.)da parazitlik qiladi; T. bilan zararlangan odamlarda uning chuqur shakli paydo boʻladi.

Yuzaki Trixofitiya bilan, asosan, bolalar, ayrim hollarda kattalar, ayniqsa, ayollar kasallanadi. Bunda teri va boshning sochli qismi, kamroq soqol va moʻylov kasallanadi. Kasallik sogʻlom odamga bemordan yoki uning buyumlari (bosh kiyim, taroq va b.)dan oʻtadi. Zamburugʻ tushgan terida 5—7 kundan soʻng dumaloq qizil yalligʻlangan dogʻ paydo boʻlib, tezda kattalashadi va qipiklanadi. Boshning sochli qismidagi zamburugʻlar teridan tezda sochga oʻtadi. Soch tolalarining tusi oʻzgaradi, moʻrtlashadi, zararlangan joydagi tolalar toʻkilib ketadi, tirnoqlar ham zararlanadi.

Chuqur Trixofitiyada odam badanida va boshning sochli qismida, soqol, moʻylovlarda yiringli yara (q. Abssess) paydo boʻladi. Ular ogʻrib, bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, baʼzan trasi koʻtariladi. Agar vaktida davolanmasa, soch toʻkilib ketadi. Trixofitiyaning chuqur shakli koʻpincha sut sogʻuvchilar va choʻponlarda kuzatiladi. Hoz. jinsiy yoʻl bilan yuqadigan qov soha Trixofitiyasi ham aniklangan. Trixofitiya bilan ogʻrigan bemor kasalxonada davolanadi. Teri Trixofitiyasi qisqa vaqt ichida tuzalib ketadi. Soch va tirnoq T. si uzoq davolanishni taqozo etadi.

Chuqur Trixofitiyaning oldini olish uchun sichqon va kalamushlarga qarshi kurash olib boriladi.


Lotin alifbosida maqola: TRIXOFITIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
YER
QIRMA TEMIRATKI
TOSHKENT
TERI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты