TRIXOTSEFALYOZ

TRIXOTSEFALYOZ (yun trichos qil, soch va kephale — bosh) — qilbosh gijjalar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik. Gijjalar, asosan, yoʻgʻon ichakda parazitlik qiladi. Qilbosh gijja odam ichagida yillab (5 y. gacha) yashashi mumkin. Urgʻochi gijja qoʻygan tuxum tashqi muhitga najas orqali tushadi. Gijja tuxumi tashqi muhitda 2 haftada yetilib, lichinkaga aylanadi. Lichinkalar sogʻlom odamga sabzavot, meva va suv orqali oʻtadi. Ular odam ichagida 30—35 kunda yetiladi. Kasallikning asosiy manbai bemor hisoblanadi. Koʻpincha u kasallik boshlanishida hech qanday alomatlar sezmasligi mumkin. Baʼzan ishtaha pasayishi, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, ich qotishi kabi alomatlar paydo boʻladi. Trixotsefalyozni aniqlashda bemor najasi tekshiriladi. Bemor faqat kasalxonada davolanadi. Kasallik tarqalishida aholi yashaydigan uyjoy atrofining odam axlati bilan ifloslanishi katta xavf tugʻdiradi. Odam najasining suv va tuproqqa tushishiga yoʻl qoʻymaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanish oldidan qoʻlni yuvish, meva va sabzavotlarni qaynagan suvda yuvib isteʼmol qilish, suvni kaynatib ichish va b. kasallikning oldini olishdagi muhim choralardir.


Lotin alifbosida maqola: TRIXOTSEFALYOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ICH TERLAMA
DIZENTERIYA
TOSHKENT
SOCH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты